"O'zkimyosanoat" AJ

“Qo'qon superfosfat zavodi” AJda mashqlar o'tkazildi

// 09.06.2015
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/quqon-superfosfat-zavodi-azhda-mashqlar-utkazildi

2015 yil 28 mayda “Qo'qon superfosfat zavodi” AJda korxonaning fuqaro muhofazasi tuzilmalari Qo'qon shahrining Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining xizmatlari bilan birgalashib hamkorlikda ishlash ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha maxsus-taktik mashqi o'tkazildi.

Mashq davomida texnogen xususiyatga ega shartli favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo'yicha vazifalar bajarildi.

Maxsus - taktik mashqiga 124 nafar kishi hamda 7-ta maxsus va muhandislik texnika vositalari jalb etildi.