"O'zkimyosanoat" AJ

Qaror va ijro

// 14.08.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/qaror-va-ijro

Prezidentimizning “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ-330-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJga Fargʻona viloyati Yozyovon tumanidagi “Ishtirxon”, “Yangiobod” va “Suvliariq” MFYlari biriktirilgan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi ushbu mahallalarda aholining bandligini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, infratuzilmaviy obyektlarni taʼmirlash kabi bir qator tizimli ishlarni olib bordi.  

Mana shunday xayrli ishlardan birida ushbu mahallalarda ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiruvchi fuqarolarga Jamiyat tomonidan 4 turdagi 63 ta uy-roʻzgʻor buyumlari, oʻz-oʻzini band qilish uchun maxsus texnikalar va ish qurollari topshirildi. 

Shuningdek, 24 ta oilaga quvvati 5 kVt boʻlgan, umumiy 125 kVt quvvatdagi quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha sertifikatlar taqdim etildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ mazkur hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada samarali va tizimli tashkil etishda xayrli ishlarni davom ettiradi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati