"O'zkimyosanoat" AJ

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi

// 14.10.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/qadring-baland-bo-lsin-ona-tilim-shiori-ostida-umummilliy-di

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Ammofos-Maksam” AJda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi.



Mazkur loyiha korxona ishchi-xodimlarining davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirish, ona tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash, shuningdek, ularning imloviy savodxonligi hamda yozma nutq madaniyatini baholash maqsadida o‘tkazildi.



Diktant jarayonida korxona ishchi-xodimlari faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.



“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati