"O'zkimyosanoat" AJ

Poytaxtimiz “Azot Sintezgaz.Oʻzbekiston va MDH” 3-xalqaro kongressi va koʻrgazmasiga mezbonlik qildi.

// 22.11.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/poytaxtimiz-azot-sintezgaz-o-zbekiston-va-mdh-3-xalqaro-kong


 “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda MDH mamlakatlari, shuningdek, boshqa qator davlatlarning kimyo sanoati sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari vakillari ishtirok etgan tadbirning ikkinchi kunida qator mavzularda muhokamalar tashkil etildi. 

Jumladan, “Oʻzkimyosanoatloyiha” Aksiyadorlik jamiyati muhandisi Alim Sharipov tarmoq korxonalarida modernizatsiya dasturlarining ahamiyati, bu borada ammiak, mineral oʻgʻitlar va metanol ishlab chiqaruvchi korxonalar tajribasini tahlil qildi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish va loyihalashtirish jarayonlarida raqamlashtirishning oʻrni haqida batafsil toʻxtaldi. 

“Maxam – Chirchiq” AJning Innovatsiyalar, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyalari boʻlimi boshligʻi Ruslan Abdurashitov ammiak texnologik jarayonlari uchun sanoat katalizatorlarini ishlab chiqarish mavzusida soʻz yuritdi. 

Korxonalarning ichki infratuzilmasi boʻyicha oʻtkazilgan munozarada  jarayonlar samaradorligi, taʼminot zanjirlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish muammolarini hal qilish, mahsulotni sotish usullari va shakllari yuzasidan fikr almashildi.
Kongress ishida shuningdek, azot va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish yoʻnalishida  Oʻzbekiston va MDHdagi mavjud va kelajakdagi qurilish loyihalari holati koʻrib chiqildi. 

Tadbir yakunida hamkorlik aloqalarini davom ettirish, har tomonlama manfaatli yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashishni faol davom ettirishga kelishib olindi.  

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati