"O'zkimyosanoat" AJ

2014 yil yanvar-mart oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 15.04.2014
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/otchet2014yanmar

2014 yilning I chorak yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 439,3 mlrd.so'mlik tovar mahsulot hamda 44,0 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi.

254,38 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 196,3 ming tonna azotli o'g'itlar, 36,42 ming tonna fosforli o'g'itlar va – 21,66 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2014 yil yanvar-mart oylarida 32,7 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

2014 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan 18,24 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 40 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi.

90 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 24 ish o'rni yaratildi.

Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2014 yil yanvar-mart oylari davomida 6,1 mlrd.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan: 264,3 mln.so'mlik 25,6 ming tonna kompost tayyorlandi va sotildi, 130,1 ming tonna organik va 143,35 ming tonna mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 237,5 ming gektar g'alla maydonlarida mineral o'g'itlar sepilib, suspenziya tadbirlari o'tkazildi.

O'zkimyosanoat” DAK matbuot xizmati