"O'zkimyosanoat" AJ

2014 yil yanvar-iyun oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 22.07.2014
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/otchet20141

2014  yilning I yarimyilik yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida  995,3 mlrd.  so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,6%) hamda 91,3 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 134,4%) ishlab chiqarildi.

Sof holda 589,68  ming tonna  mineral o'g'itlar, shu jumladan 466,87  ming tonna azotli o'g'itlar, 76,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 46,37    ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2014 yil yanvar-iyun oylarida  69,7   mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (prognoz 14,8mlrd.so'm).

2014 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan  36,56    mln.dollar   hajmida investitsiyalar   o'zlashtirildi va prognoz 109,7%-ga bajarildi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 100,6 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi.

321 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 54 ish o'rni yaratildi.

Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2014 yil yanvar-iyun oylari davomida 23,7  mlrd.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan: 654,1 mln.so'mlik 51,0 ming tonna  kompost tayyorlandi va sotildi, 148,3 ming tonna organik va 400,2 ming tonna mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 237,5 ming gektar g'alla   maydonlarida mineral o'g'itlar sepilib, suspenziya tadbirlari o'tkazildi.

 

 “O'zkimyosanoat” DAK
matbuot xizmati