"O'zkimyosanoat" AJ

Özbekiston va Iordaniya örtasida kimyo sanoatidagi hamkorlik kengaytirilmoqda

// 24.11.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/oezbekiston-va-iordaniya-oertasida-kimyo-sanoatidagi-hamkorl

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga davlat taşrifi arafasida “Özkimyosanoat” AJ boşqaruvi raisi uşbu mamlakatning qator yirik sanoat va kimyo kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
 
Jumladan, “Jordan Phosphate Mines Company”, “Al Faiha Group“, “Manaseer Group” hamda Iordaniyada maişiy kimyo vositalari işlab çiqaruvçi  kompaniyalar vakillari bilan bölib ötgan muloqotlarda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, investitsiyalarni jalb qiliş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.


 
Uçraşuvlar yakunida hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini amaliy loyihalar bilan mustahkamlaşga qaratilgan muhim kelişuvlarga erişildi.
 
Xususan, “Özkimyosanoat” AJ va “Jordan Phosphate Mines Company” kompaniyasi örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat tomonlar örtasida kimyo sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş va işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş uçun asos bölib xizmat qiladi.
 
Şuningdek, “Özkimyosanoat” AJ va “Jordan Phosphate Mines Company, PLC” örtasida ozuqabop monokaltsiy fosfat (MCP) va dikaltsiy fosfat (DCP) işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça qöşma loyihani işlab çiqiş töğrisidagi bitim imzolandi.
 
Uşbu loyiha ozuqabop fosfat mahsulotlari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, mahsulot turlarini diversifikatsiya qiliş, qöşilgan qiymat zanjirini kengaytiriş hamda kimyo sanoatiga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etişga qaratilgan.
 
Erişilgan kelişuvlar Özbekiston va Iordaniya örtasida kimyo sanoati sohasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, işlab çiqariş kooperatsiyasini mustahkamlaş va istiqbolli investitsiya loyihalarini röyobga çiqarişda muhim ahamiyat kasb etadi.