"O'zkimyosanoat" AJ

"Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi

// 30.11.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/ochiq-eshiklar-kuni-bo-lib-o-tdi

"Dehqonobod kaliy zavodi” AJ faoliyatining ochiqligi, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini ta'minlash hamda  ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari maqsadida "9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" ga bag'ishlangan "Aksilkorrupsiya" oyligi doirasida jamiyatda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda ""Dehqonobod kaliy zavodi" AJning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati" hamda ""Dehqonobod kaliy zavodi" AJ faoliyatining ochiqligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar" kabi mavzularda taqdimot o'tkazildi.

Unda Jinoyat ishlari bo'yicha Dehqonobod tumani sudining raisi, Dehqonobod tuman prokuraturasi xodimlari, Dehqonobod tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari hamda tuman va viloyat OAV vakillari ishtirok etishdi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati