"O'zkimyosanoat" AJ

"OʻZKIMYOSANOAT" AJDA "XON ATLAS" FESTIVALI

// 28.09.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-ajda-xon-atlas-festivali

Maʻlumki, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan respublikamizda milliy libosimizda xalqimiz urf-odatlari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish maqsadida "Xon atlas" festivali oʻtkazilmoqda.

"Oʻzkimyosanoat" AJ ning lobar xotin-qizlari ham bugun ishga rasmiy va odatiy kiyimda emas, balki milliy adras va atlas matolarimizdan tikilgan liboslarda kelishdi.

Maʻlumot oʻrnida, oʻzbek milliy shoyi matolari - atlas va adrasni tayyorlash texnologiyasi YUNESKO Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha ilgʻor tajriba roʻyxatiga kiritilgan.