"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJda xodimlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi

// 24.10.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-ajda-xodimlar-uchun-chuqurlashtirilgan-tibbiy

“Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Rossiya Federatsiyasi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi sohasida nazorat federal xizmati huzuridagi “Epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti” oʻrtasidagi hamkorlik doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan xodimlar uchun profilaktik tibbiy koʻrik tashkil etildi. 

Profilaktik koʻrikka mobil klinika, tor yoʻnalishdagi malakali shifokorlar, shuningdek, laboratoriya mutaxassislari jalb etildi. Tibbiy tekshiruv davomida 150 nafar xodimlarning sogʻligʻi holati atroflicha oʻrganildi, ularning umumiy salomatlik koʻrsatkichlari baholandi, zarur tibbiy tavsiyalar berildi hamda individual profilaktik choralar toʻgʻrisida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. Mazkur tashabbus xodimlar sogʻligʻini mustahkamlash, yuqumli kasalliklarni erta aniqlash va sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati