"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJda murojaatlar bilan ishlash tizimi samarali yoʻlga qoʻyilgan

// 17.04.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-ajda-murojaatlar-bilan-ishlash-tizimi-samaral

“Oʻzkimyosanoat” AJda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlari qonunchilik talablari asosida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Har bir murojaatda koʻtarilgan masalalar jamiyat rahbariyati ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish choralari koʻrilmoqda.

2026-yilning I choragi davomida jamiyatga jami 89 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 27 tasi yozma, 21 tasi ogʻzaki hamda 41 tasi elektron shaklda yuborilgan. Murojaatlarning 68 tasi jismoniy shaxslardan, 21 tasi esa yuridik shaxslardan kelib tushgani qayd etildi.

Koʻrib chiqilgan murojaatlar tahlili shuni koʻrsatadiki, 39 tasi  ijobiy hal etilgan, 40 tasi boʻyicha fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berilgan. Ayni paytda 6 ta murojaat koʻrib chiqish jarayonida boʻlib, 4 tasi vakolat doirasiga muvofiq boshqa tashkilotlarga yoʻnaltirilgan.

Shuningdek, jamiyat boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari tomonidan hududlarda 4 marotaba sayyor qabullar tashkil etildi. Ushbu qabullar davomida 19 ta murojaat koʻrib chiqilib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal qilindi.

Hududlar kesimida murojaatlarning eng koʻp qismi Navoiy viloyati va Toshkent shahri va viloyati hissasiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan, Samarqand va Sirdaryo hamda Fargʻona viloyatlaridan ham murojaatlar kelib tushgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Jizzax viloyatlaridan ham alohida murojaatlar qayd etilgan.

Murojaatlar mazmuniga koʻra, asosiy masalalar ishga joylashish, qonunbuzilish holatlari, mineral oʻgʻitlar xaridi, xomiylik yordami  va hamkorlik masalalari bilan bogʻliq boʻlgan. Shuningdek, boshqa turdagi murojaatlar ham koʻrib chiqilgan.

Taʼkidlash joiz, “Oʻzkimyosanoat” AJda tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni taʼminlash boʻyicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.