Tanlov “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan, jamoat ishlarida faol, 50 yoshgacha bo‘lgan mutaxassis xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazildi.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan energiya tejamkor, ekologik muammolarga yechim beradigan, ishlab chiqarish jarayonlarini mukammallashtiruvchi, import o‘rnini qoplovchi, korxona xarajatlarini tejovchi va qo‘shimcha ish o‘rinlari hamda daromad keltiruvchi jami 22 ta innovasion g‘oya ishlanmalarini taqdim etildi. Ahamiyatlisi, ayrim korxonalarda ushbu ayollar bildirgan taklif va ishlanmalar ko‘rib chiqilib, ishga tushirish bosqichida turibdi.
Ishchi guruh tomonidan barcha loyihalar chuqur tahlil qilinib, eng munosiblari taqdirlandi.
Natijalar esa quyidagicha bo‘ldi:
1-o‘rin – Hilola Karomatova – “Navoiyazot” AJ usta-texnologi
2-o‘rin – Iroda Tojiddinova – “Maxam-Chirchiq” AJ markaziy laboratoriyasi muhandisi
2-o‘rin – Gulsanem Shrazova – “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Innovatsiya sektori muhandis kimyogari
3-o‘rin – Zumrad Abduraxmanova – “Maxam-Chirchiq” AJ markaziy laboratoriya muhandisi
3-o‘rin – Gulchehra Raximova - “Navoiyazot” AJ elektrik chilangari
3-o‘rin – Zore Velilyayeva – “O‘zkimyosanoatloyiha”AJ yetakchi muhandisiga nasib etdi.
Taqdirlash marosimida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Korjikov ishtirok etdi va g‘oliblarni ajoyib natija bilan qutladi.
1-o‘rin -20 mln so‘m, 2-o‘rin – 12 mln so‘m va 3-o‘rin sohibalari – 7 mln so‘mdan pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanishdi.
Tanlovda faol ishtirok etgan barcha xotin-qizlarga boshqaruvi raisi nomidan faxriy yorliqlar taqdim etildi