"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat” AJda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazildi

// 25.05.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-ajda-avtomobilsiz-kun-aksiyasi-o-tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 25 martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umumilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 46-sonli farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda. 

Mazkur tashabbus doirasida bugun “O‘zkimyosanoat” AJ tizimida ham ekologik madaniyatni yuksaltirish, atmosfera havosiga chiqariladigan zararli tashlamalarni kamaytirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” aksiyasi tashkil etildi.



Aksiya doirasida jamiyat rahbariyati va xodimlari xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishni cheklab, ish joyiga jamoat transporti, velosiped va piyoda kelib, tashabbusda faol ishtirok etdilar.



“O‘zkimyosanoat” AJ bunday ekologik aksiyalar orqali atrof-muhit muhofazasi, havo sifati yaxshilanishi va aholi salomatligini asrashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.