Maʼlumki, respublikamizda milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimizni ommalashtirish, ularni mazmuman boyitish, xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va anʼanalarini namoyon etish va oʻzbekona kiyinish madaniyatini targʻib etish maqsadida “Xon atlas” festivali oʻtkazilmoqda.
Haftalik doirasida yurtimizning barcha hududlari, tashkilotlari, mahallalari, vazirlik va idoralari, oʻquv muassasalari, korxonalarda xotin-qizlar oʻrtasida turli fleshmoblar, milliy liboslar namoyishi va chellenjlar oʻtkazilmoqda.
Yorqin va serjilo, milliy anʼanalarimizni oʻzida mujassam etgan ushbu festival “Oʻzkimyosanoat” AJ xotin-qizlari oʻrtasida ham koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati