"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ xodimlari manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha bilimlarini oshirdi

// 06.11.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-xodimlari-manfaatlar-to-qnashuvi-bo-yicha-

  “Oʻzkimyosanoat” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan xodimlar uchun “Manfaatlar toʻqnashuvining salbiy oqibatlari va unga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlari” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi. Seminar davomida xodimlarga manfaatlar toʻqnashuvi sodir boʻlganda jamiyat va davlatga yetkazilishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar tushuntirildi. 

  Shuningdek, xodimlarga “Oʻzkimyosanoat” AJda vakant lavozimlarga nomzodlarni ishga olish, davlat xaridlarini oʻtkazish, pul operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish boʻyicha tashkilot rahbariyati va “Komplayens-nazorat” tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlar, qabul qilinayotgan ichki meʼyoriy hujjatlar va chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Tadbir yakunida xodimlarning manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalari yanada mustahkamlandi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati