"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan “Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalarning AQSHdagi amaliyot xarajatlari qoplab berildi

// 19.09.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-tomonidan-yangi-o-zbekiston-universiteti-talabalarning-aqshdagi-amaliyot-xarajatlari-qoplab-berildi

“Yangi Oʻzbekiston” universitetining Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yoʻnalishida tahsil olayotgan 5 nafar talaba AQSHning Dallasdagi Texas universitetiga 4 haftalik qisqa amaliyotga yuborildi. 

Ushbu amaliyot dasturi “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Dallasdagi Texas universiteti materialshunoslik yoʻnalishi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, talabalarning amaliyot bilan bog'liq  xarajatlari "O'zkimyosanoat" AJ tomonidan qoplab berildi.

Amaliyot davomida oʻzbekistonlik yoshlar universitet professorlari va talabalari bilan fikr va tajriba almashish, shuningdek oʻz bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.  

Qolaversa, amaliyotdan so'ng ushbu talabalar bilan "O'zkimyosanoat" AJda uchrashuv tashkil etish ko'zda tutilgan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ ilmga intiluvchan yoshlarni doim qoʻllab-quvvatlaydi.