"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat” AJ tizimi xodimlari o‘rtasida “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi

// 12.06.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-tizimi-xodimlari-o-rtasida-yilning-eng-fao

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-148-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ tizimi xodimlari o‘rtasida “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov yosh xodimlarning kasbiy mahorati, intellektual salohiyati, ijodiy tashabbuskorligi va liderlik qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvarlik hamda milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, tizimdagi eng munosib va fidoyi yosh mutaxassislarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.



Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy bilimlari, innovatsion g‘oyalari, jamoatchilik faolligi hamda shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlaridagi yutuqlarini namoyish etdilar.