Maʼlumki, har yili kuz-qish mavsumida sanoat korxonalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, muhandislik kommunikatsiyalarini tayyor holatga keltirish hamda xodimlar uchun qulay mehnat sharoitini yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari rejali tarzda olib borilmoqda.
Korxonalarda mavjud muhandislik tarmoqlarining samaradorligini oshirish, yoʻqotishlarni kamaytirish maqsadida ularni bosqichma-bosqich yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa faoliyatning uzluksizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Avvalo, “Oʻzkimyosanoat” AJning 111-sonli buyrugʻi asosida 2025-2026-yillar kuz-qish davridagi ishlarga tayyorgarlikni muvofiqlashtirish boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” AJning markaziy komissiyasi tuzildi. Korxonalar tomonidan esa aniq va maqsadli tadbirlar belgilanib, ularni amalga oshirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Xususan, bugunga kungacha tarmoq koxononalarida 258,9 km issiqlik tarmoqlari, 8,14 km suv taʼminoti tarmoqlari, 4,9 km gaz tarmoqlari, 2 046,2 km elektr tarmoqlari, 79 dona transformator podstansiyalarida kapital va joriy taʼmirash ishlari olib borildi.
Shuningdek, 18 dona qozonlar taʼmirlandi, 2 578 km issiqlik tarmoqlari izolyatsiya qilindi.
Kuz-qish mavsumida barqaror faoliyatni taʼminlash maqsadida shu kunga qadar 1,9 ming tonna suyuq yoqilgʻi zaxiralari yaratildi. Shuningdek, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan ham amaliy choralar koʻrilmoqda.
Koʻrilayotgan mazkur choralar oʻz navbatida mavsum davomida korxonalarning barqaror ishlashini, mahsulot yetkazib berishda uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik va milliy iqtisodiyot barqarorligiga hissa qoʻshishni taʼminlaydi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati