
2026 yil 15 yanvardan 28 fevralgacha mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkaziladi.
Prezidentimizning 2025-yil 19-sentyabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan “O‘zkimyosanoat” AJ raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Mustafayev boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida bo‘lib turibdi.
.jpg)
Ishchi guruh dastavval, tuman hokimligida tuzilgan aholini ro‘yxatga olish shtabida bo‘lib, muhim tadbirga tayyorgarlik jarayonlari, shtab faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng ishchi guruh bevosita tuman mahallalariga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi. Mahalla yettiligi bilan jarayonni sifatli tashkil etish, xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda aholini xabardor qilish yuzasidan fikr almashildi.

Jarayonlarda barchaning faol bo‘lishi, ishlarning samarali tashkil etilishi, bo‘lib o‘tadigan tadbirdan ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim omil bo‘lishi alohida qayd etildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati