"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi Gimnastrada boʻyicha Prezident kubogining final bosqichida “Kompozitsiyaning oʻziga xosligi” nominatsiyasida 1-oʻrinni egalladi

// 15.12.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-jamoasi-gimnastrada-bo-yicha-prezident-kub

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasi hamkorligida xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etish, muntazam jismoniy faollikni hayot tarziga aylantirishga qaratilgan “Gimnastika barcha uchun” shiori ostida Gimnastrada boʻyicha Prezident kubogi – 2025 musobaqalarining final bosqichi oʻtkazildi. 

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 40 dan ortiq jamoa, jami 900 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi. 

Musobaqada professional sportchilar bilan bir qatorda havaskorlar, mahalla faollari, uy bekalari, ishchi ayollar hamda turli tashkilotlar jamoalari qatnashdi.

Quvonarlisi, ushbu musobaqalarda “Oʻzkimyosanoat” AJ xotin-qizlari jamoasi faol ishtirok etib, yorqin chiqishi “Kompozitsiyaning oʻziga xosligi” nominatsiyasida 1-oʻrinni egalladi.