Mamlakatimizda yoshlar bandligini taʼminlash, ularni qoʻllab-quvvatlash va zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda.
Jumladan, “Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani “Paxtachi“ MFY hududida istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida hududdagi yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi ushbu hududda boʻlib, ehtiyojmand 2 nafar yoshga ish va taʼlim jarayonida foydalanish uchun zamonaviy kompyuter jihozlari topshirildi. Ushbu kompyuterlar yoshlarning bilim olish salohiyatini oshirish, axborot texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirish va kelgusida raqobatbardosh mutaxassis boʻlib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda ushbu yoshlar tuman monomarkazida kasb-hunar oʻrganishmoqda. Zamonaviy kompyuter texnikasi esa ularga taʼlim jarayonida sifatli bilim olish, amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash va mustaqil ishlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bunday ezgu ishlar izchil davom ettiradi.