"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ta'lim grantini e'lon qiladi

// 11.09.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-hamda-koreya-xalqaro-hamkorlik-agentligi-koica-ta-lim-grantini-e-lon-qiladi

 

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura (6 ta oʻrin) va doktorlik (PhD, 7 ta oʻrin) yoʻnalishlarida grant asosida barcha harajatlar qoplangan holda taʼlim olish uchun tanlovlar eʼlon qiladi! 

Oʻqishni muvaffaqqiyatli tamomlaganlar yangi tashkil etiladigan Koreya-Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida oʻz faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishadi! 

Hujjatlar 2023-yil 30-sentyabrgacha qabul qilinadi. 

Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat etishingiz va hujjatlarni onlayn tarzda yuborish uchun quyidagi havolaga oʻtishingiz mumkin:

https://admission.ust.ac.kr/bbs/BBSMSTR_000000000861/list.do

Telefonlar:Telefonlar:
(+998) 97 136-35-07
(+998) 97 136-35-32
📤 Elektron manzil: empark@krict.re.kr