"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ da Yangi Oʻzbekiston universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

// 10.10.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-aj-da-yangi-o-zbekiston-universiteti-vakillari-bilan-uchrashuv-bo-lib-o-tdi

Yangi Oʻzbekiston universitetining faxriy rektori, nemis kimyogari, professor Dr. Volfgang A. Hermann hamda universitet prorektori Baxtiyor Yoʻldoshev “Oʻzkimyosanoat” AJga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda kimyo sohasida ilm-fan, taʼlim, zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan yetuk kadrlar tayyorlash, shuningdek, ularni munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash masalalari  muhokama qilindi.

Kadrlar tayyorlashda Yevropa universitetlari bilan hamkorlikni o‘rnatishga amaliy yordam ko‘rsatish va ilm-fanni ishlab chiqarish jarayonlari bilan integratsiyalashuvini hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.