
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentabrdagi PF–173-son “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov rahbarligidagi ishchi guruhi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi bir qator mahallalarga tashrif buyurdi.



Unda tuman mas’ullari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, biriktirilgan idora va tashkilotlar xodimlari bilan asosiy vazifalar va dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha muhokama o‘tkazildi. Tashrif doirasida kelgusi faoliyatni samarali tashkil etish, ro‘yxatga olish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya, ko‘rsatmalar berildi. Farmonda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.