
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning Turkiya bilan so‘nggi 9 yil davomidagi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorligini tahlil qildi.
2017–2025 yillar davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 1,9 barobarga oshdi va 2025 yil yakunlariga ko‘ra 3 mlrd dollarni tashkil etdi.
2025 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Turkiyaning ulushi umumiy tovar ayirboshlashda 3,7%, eksportda 3,4%, importda esa 4%ni tashkil etdi.
2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi 2 137 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
9 yilda Turkiyadan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar va kreditlarning jami hajmi 9 mlrd dollarni tashkil etdi, shundan 2,6 mlrd dollari 2025 yil hissasiga to‘g‘ri keladi.