"O'zkimyosanoat" AJ

Neylon kabi mustahkam va okeanda 92% ga parchalanuvchi polimer yaratildi

// 04.06.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/neylon-kabi-mustahkam-va-okeanda-92-ga-parchalanuvchi-polime

Koreyalik olimlar sintetik materiallar, xususan, toʻqimachilik va baliq ovlash vositalaridan okean ifloslanishini keskin kamaytiruvchi yangi biologik parchalanadigan polimerni ishlab chiqdi.

Yangi material neylonning mexanik xususiyatlarini saqlab qoladi, lekin bir yil ichida dengiz muhitida 92% dan koʻproq parchalanadi. Ishlanma Advanced Materials jurnalida chop etilgan.Kiyim va toʻr ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladigan neylon va shunga oʻxshash sintetik materiallar okeanlarda oʻnlab yillar davomida saqlanib qoladi. 

Mavjud biologik parchalanadigan muqobil mahsulotlar, odatda, mustahkamligi va issiqlikka chidamliligi jihatidan samaradorligi pastroq, bu ularning amaliy qoʻllanilishini cheklaydi.

Doktor Xyon-Yol Chon va doktor Xyo-Chjon Kim boshchiligidagi Koreya Kimyoviy Texnologiyalar Instituti (KRICT) tadqiqotchilari guruhi mustahkamlik uchun javob beradigan (neylonga muqobil) biologik parchalanadigan efirli  bogʻlanishlarni amid bogʻlanishlar bilan birlashtiradigan innovatsion polimer — poliefiramid (PEA)ni ishlab chiqdi. 

Olimlarning taʼkidlashicha, neylon 6 (shuningdek, poliamid 6 yoki kapron sifatida ham tanilgan) kaprolaktamdan olingan sintetik poliamid. U mustahkamligi, moslashuvchanligi, ishqalanishga va kimyoviy moddalarning taʼsiriga bardoshliligi kabi noyob xususiyatlari tufayli mashhur material. Neylon 6 toʻqimachilik, muhandislik plastiklari va plyonkalarda keng qoʻllaniladi. Materialning tabiatdagi hatti-harakatlarini baholash uchun olimlar laboratoriyadan tashqari Poxan shahri qirgʻoqlarida ham sinovlar oʻtkazishgan. 

Bu tabiiy dengiz muhitida bioparchalanishning samaradorligini tasdiqladi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati