"O'zkimyosanoat" AJ

Navro‘zni ulug‘lash insonni ulug‘lashdir

// 03.04.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/navro-zni-ulug-lash-insonni-ulug-lashdir

“O‘zkimyosanoat” AJda bahor faslining eng ulug‘ va qadrli bayramlaridan biri — Navro‘z munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 

Tadbir doirasida milliy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lgan sumalak pishirish marosimi o‘tkazildi. 

Unda xodimlar faol ishtirok etib, ahillik va birdamlik muhitini yanada mustahkamladilar. 

 

Sumalak atrofida kuy-qo‘shiqlar yangrab, milliy an’analarimizga xos iliq muhit yaratildi. 

Bunday tadbirlar jamoada hamjihatlikni kuchaytirish va milliy urf-odatlarimizni asrab-avaylashga xizmat qiladi.