"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi O.Temirov “Navoiyazot” AJda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

// 07.10.2019
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/navoiyazot-production

Tashrif avvalida Bosh pudratchi vakillari bilan kaustik soda, atsetilen, VXM va PVX ishlab chiqarishlarining ishga tushirish-sozlash hamda foydalanishga toshirish ishlariga tayyorlik holatlari masalalari bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bosh pudratchining mas'ul vakili ob'ektlardagi joriy vaziyat va ularning ishga tushirish-sozlash ishlariga tayyorgarlik holati to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etdi. Atsetilen ishlab chiqarishi texnologiyasi litsenziari vakillari hamda Buyurtmachi vakillari bilan birgalikdagi nosozliklarni bartaraf etish bo'yicha amalga oshirilgan yaqin hamkorlik ishlari to'g'risida ta'kidlab o'tildi. Joriy yilning oktabr oyi o'rtalarida qurilish maydonchasiga kaustik soda, atsetilen, VXM va PVX ishlab chiqarishlari qurilmalari yetkazib beruvchilarining kelishi ma'lum qilindi.

Shuningdek, atsetilen ishlab chiqarishi joriy faoliyati hamda “MAN” kompaniyasi kompressor qurilmalari yetkazib beruvchisi qismi bo'yicha ishga tushirish-sozlash ishlari bilan bog'liq bir qator muammoli masalalar tilga olindi.

Boshqaruv raisi tomonidan barcha masalalar bo'yicha tavsiyalar va ularning tezkor yechimi bo'yicha topshiriqlar berildi.

Kunning ikkinchi yarmida kaustik soda, atsetilen, VXM, PVX va metanol ishlab chiqarish qurilmalari ishlash texnologiyalari atroflicha o'rganildi hamda sex boshliqlari va ularning o'rinbosarlarining ma'lumotlari bilan tanishib chiqildi.

Tashrifining ikkinchi kunida boshqaruv raisi tomonidan “Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarishi majmui qurilishi” hamda “Ammiak va karbamid ishlab chiqarishi qurilishi” loyihalari qurilish maydonchalari hududi ko'zdan kechirildi.

Ushbu kunda sexlarning barcha ishchi hujjatlari (reglamentlar, ish joylari bo'yicha yo'riqnomalar va boshqalar) ko'rib chiqildi. Ularni ro'yxatga ko'ra to'ldirish va ish joylarida texnologik chizmali yo'riqnomalar mavjudligini ta'minlash yuklatildi.

Shuningdek, ishlab chiqarishning markaziy boshqaruv punkti binosida operatorlarning texnologik xodimlari va TJBAT muhandislari bilan suhbat o'tkazildi. So'rov natijalariga ko'ra, ishlab chiqarishni boshqarish tizimini obdon o'rganish bo'yicha qator topshiriqlar berildi.

Kaustik soda, atsetilen, VXM va PVX ishlab chiqarishlarini  ishga tushirish-sozlash ishlarining tuzatilgan jadvali hamda ularni foydalanishga topshirishni ko'rib chiqish bo'yicha Bosh pudratchi vakili bilan ishchi yig'ilish o'tkazildi. Ko'rib chiqish natijalariga ko'ra, muvofiq topshiriqlar hamda ishni tezlashtirish uchun tavsiyalar berib o'tildi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati