"O'zkimyosanoat" AJ

“Navoiyazot” AJda o'tkazilgan seminar

// 20.04.2015
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/navoiyazot-azhda-utkazilgan-seminar

2015 yil 18 aprelda “Navoiyazot” AJ negizida tarmoq Innovatsiya dasturini amalga oshirish bo'yicha“O'zkimyosanoat” DAK tarkibidagi korxonalarning bosh muhandislari ishtirokida seminar-kengash o'tkazildi.

Bu tadbirdan asosiy maqsad kimyo korxonalarida olib borilayotgan va tarmoqni rivojlanishiga, ishlab-chiqarishni o'sishiga, import o'rnini bosuvchi yangi maxsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashishdan iboratdir.

Xususan, 2010-2014 yillar mobaynida Innovatsiya dasturi doirasidarespublika olimlari bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida kompaniya korxonalarida 40 turdan ziyod oldin ishlab chiqarilmagan yangi turdagi kimyoviy maxsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Natijada 1,7 mln. tonnaga yaqin umumiy qiymati 878,8 mlrd. so'mlik maxsulotlar ishlab chiqarildi va iste'molchilarga yetkazib berildi.

Seminar-kengashda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi va Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, O'zbekiston Milliy universiteti, Navoi kon-metallurgiya institutidan tashrif buyurgan bir qator olimlar ishtirok etdilar.