"O'zkimyosanoat" AJ

“Navoiyazot” AJda kimyo korxonalarning innovatsiya rivojlanishi bo'yicha ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi

// 13.07.2018
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/navoiyazot-azhda-kimyo-korhonalarning-innovaciya-rivozhlanishi-buyicha-ilmiy-amaliy-seminar-bulib-utdi

2018 yil 29 iyun kuni “Navoiyazot” AJda “O'zkimyosanoat” korxonalarning innovatsion rivojlanishi” mavzuida ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi. Uning ishida O'zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi mutasaddi ilmiy-tadqiqot institutlar va respublika oliy o'quv yurtlarning rahbarlari va yetakchi olimlari, Germaniyaning “Thyssen Krupp Industrial Solutions AG” va “Maschinenfabrik Gustav Eirich GmbH” hamda Ukrainaning  “TECHNOCHIM” kompaniyalari mutaxassislari, shuningdek “O'zkimyosanoat” AJ korxonalarining bosh muhandislari va yetakchi xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan kimyo korxonalari innovatsion rivojlanishi, kimyo tarmog'ida diversifikatsiya va innovatsiya loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalari, olimlarning mineral o'g'itlar ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilish bo'yicha amaliy tavsiyalari qizg'in muhokama qilindi.

“Thyssen Krupp Industrial Solutions AG”,  “Maschinenfabrik Gustav Eirich GmbH” hamda “TECHNOCHIM” kompaniyalari mutaxassislari tomonidan ammiak va karbamid ishlab chiqarish jarayonlarni integratsiya qilish hamda mineral o'g'itlarni donalashtirish (granulyatsiya) bo'yicha yangi texnologiyalarning taqdimoti o'tkazildi.

Seminar yakunida uning qatnashchilari  “Navoiyazot” AJda Xitoy, Yaponiya va Shveytsariya mutaxassislari ishtirokida amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 1,7 mlrd dollarli PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish, ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo'yicha yangi majmua qurilishi hamda azot kislotasi ishlab chiqarish bo'yicha yangi quvvatlar barpo etishga qaratilgan investitsiya loyihalar bajarilishi, shuningdek korxonada n-butanol, butilatsetat,  atseton, xlor tabletkalari, NPK-   hamda NK- o'g'itlari, kaliy xlorati, formalin,  kaltsiy gipoxloridini ishlab chiqarish maqsadida  yaratilgan sanoat-tajriba qurilmalari bilan yaqindan tanishdilar.