"O'zkimyosanoat" AJ

"Navoiyazot" AJda "Yosh kitobxon xodim" tanlovi g'oliblari aniqlandi

// 24.06.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/navoiyazot-ajda-yosh-kitobxon-xodim-tanlovi-g-oliblari-aniql

“O‘zkimyosanoat”AJ va tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini avloddan-avlodga yetkazish, buyuk alloma, shoir, yozuvchi, mutafakkirlarning ijodini o‘rganish maqsadida “Yosh kitobxon” tanloviga start berilgandi. 

Tanlovning korxona bosqichida 20 nafar yigit-qizlar faol ishtirok etishdi. Nizomga ko‘ra, belgilangan shartlarni bajargan, savollarga aniq javob bergan, badiiy asarlar bilimdoni ekanligini namoyon etgan, buyuk mutafakkir va adiblar ijodini o‘rgangan mutaxassislar orasidan g‘oliblar aniqlandi. 

3-o‘rinni 911-sex xodimi Shahzod Toshev egalladi. 2-o‘rin 920-sex mutaxassisi Rayhon Jo‘raqulovaga nasib etdi. 46-sex vakili Dilnoza Abdullayeva esa faxrli 1-o‘ringa munosibligini ko‘rsatdi. 3 ta o‘rin sohiblari ham respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zkimyosanoat”AJ va tarmoq korxonalari xodimlari ishtirokidagi “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari umumiy sovrin jamg‘armasi 45 million so‘m bo‘lgan pul yutuqlariga ega bo‘lishadi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI