"O'zkimyosanoat" AJ

“Navoiyazot” AJda yangi korxona ish boshlash arafasida

// 18.12.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/navoiyazot-ajda-yangi-korxona-ish-boshlash-arafasida

Bu yerda polivinilxloriddan quvurlar tayyorlash  yo‘lga qo‘yilmoqda. Kuniga 4,5-5 tonna xomashyoni qayta ishlash quvvatiga ega majmua xodimlari tomonidan  8 xil turdagi diametri 90 mm.dan 250 mm.gacha , qalinligi 14,8 mm.ni tashkil etadigan quvurlar yetkazib beriladi.

Ilk mahsulot tayyorlanib, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Xitoy uskunalari bilan ta’minlangan majmuaga qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. 

Bu esa avvallari xorijdan keltirilgan  zanglamaydigan po‘lat va temirdan ishlab chiqarilgan mahsulotni  polivinilxloriddan tayyorlangan quvurlarga almashtirish imkonini beradi.

Natijada mablag‘ iqtisod qilinadi, jamiyat ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan quvurlar korxonaning o‘zida ishlab chiqariladi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI