"O'zkimyosanoat" AJ

“Navoiyazot”AJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

// 23.01.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/navoiyazot-ajda-rahbar-va-yoshlar-uchrashuvi-tashkil-etildi

“Navoiyazot”AJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Muloqotda korxonada yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Yoshlar tashabbusi, g‘oya va takliflari nafaqat jamiyatning yanada taraqqiy etishi, balki mamlakat iqtisodiyoti, kimyo sanoati rivojida ham muhim o‘ringa ega. Iqtidorli, bilimli, salohiyatli yigit-qizlarning borligi yurtimiz kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanligidan dalolat beradi.

“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi soha rivoji yo‘lida  izlanishlar olib borayotgan yosh mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlari uchun zamonaviy laboratoriya tashkil etilishini alohida ta’kidladi.  Bu esa yuqori malakaga ega kimyogarlarni tayyorlashga xizmat qiladi.  

Har qanday innovatsion taklif, import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, harajatlarni qisqartirish orqali mahsulot turlarini ko‘paytirish, eksport hajmini oshirishga qaratilgan loyihalar moliyalashtirilishiga alohida urg‘u berildi.

Uchrashuv davomida yosh xodimlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. 

Jumladan, mutaxassislarga xorijda malaka oshirish imkonini yaratish, ustoz-shogird ana’nalarini davom ettirish, yoshlar uchun qo‘shimcha o‘quv kurslari, seminar-treninglar tashkil etish, mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish singari  tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

2023-yilda o‘z faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh yoshlarga “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining tashakkurnomalari topshirildi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI