"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” AJ tomonidan Alisher Navoiy va Bobur tavallud kunlari munosabati bilan tadbir tashkil etildi

// 15.02.2021
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/navoiy-va-bobur

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ijro apparati va tarmoq korxonalari ishchi-xodimlarini keng jalb qilgan holda “Navoiy va Bobur – ilm-fan homiysi va targ'ibotchisi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risida” 2020 yil 19 oktyabrdagi PQ-4865-son qarori hamda joriy yil 1 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o'tkazilgan yig'ilishning 10-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi K.Mullaxo'jaeva ishtirok etib, buyuk ajdodlarimizning boy ma'naviy merosi, ilm-fan va madaniyat rivoji yo'lidagi xizmatlari xususida ma'lumot berdi. Alisher Navoiyning “Xamsa” va Boburning “Boburnoma” asarlarida ilm-fan, xususan, kimyo sohasiga oid g'oyalarning yoritilishiga oid ma'lumotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. 

Tadbirda ishchi-xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy va Bobur qalamiga mansub she'rlardan namunalar o'qidilar.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati