
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan tarmoq korxonalari oʻrtasida tashkil etilgan “Mustaqillik kubogi” musobaqalarining stol tennisi sport turi boʻyicha bahslar tashkil etildi.

Musobaqaning erkaklar oʻrtasidagi bahslarida
1-oʻrinni “Fargʻonaazot” AJ vakili Valixonov Ikromxon,
2-oʻrinni “Maxam-Chirchiq” vakili Kudaykulov Ablayxan,
3-oʻrinni “Oʻzkimyosanoat” AJ vakili Muxtorov Rahimjon egalladi.

Ayollar oʻrtasida esa
“Navoiyazot” vakili Achilova Nozima - 1-oʻrin,
“Ammofos” vakili Amanova Nargiza - 2-oʻrin,
“Maxam-Chirchiq” vakili Galiullina Liliya 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
“Mustaqillik kubogi” doirasidagi sport musobaqalari tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida sogʻlom raqobat, jamoaviylik va doʻstona muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
