"O'zkimyosanoat" AJ

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan mini-futbol bellashuvi g'oliblari aniqlandi

// 25.08.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/mustaqilligimizning-32-yilligi-munosabati-bilan-o-tkazilgan-mini-futbol-bellashuvi-g-oliblari-aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmasevtika sanoat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar oʻrtasida mini-futbol musobaqasi oʻtkazildi.

Bugun Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan, turnirning final bosqichida “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ hamda “Maxam-Chirchiq” AJ oʻzaro kuch sinashdi va yakunda  “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ jamoasi gʻolib boʻldi.

Yakuniy natijalar 

1-o'rin- “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ
2-o'rin - “Maxam-Chirchiq” AJ
3- “Fargʻonaazot” AJ

Gʻoliblarga Kimyo va farmasevtika sanoat xodimlari kasaba uyushmasining maxsus kubogi hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalar topshirildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ barcha gʻolib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etadi!