"O'zkimyosanoat" AJ

“Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy diktant oʻtkazildi

// 05.12.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/mening-konstitutsiyam-va-davlat-tilim-mavzusida-ommaviy-dikt

Bu yil mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh gʻoya asosida keng nishonlanmoqda.

Mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida” farmoyishi bilan tasdiqlangan dastur asosida  “Oʻzkimyosanoat” AJ  va uning tarmoq korxonlarida tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-madaniy, maʼrifiy-huquqiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. 

Xususan, “Oʻzkimyosanoat” AJ xodimlari uchun Jamiyat Yuridik boshqarmasi tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning islohotlarga mustahkam huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilayotgani va uning qoidalarini hayotimizda aks ettirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar borasida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek, xodimlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy diktant oʻtkazildi.

Tadbir soʻngida Konstitutsiyamizning jamiyat farovonligi uchun xizmat qilishi, inson huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, xodimlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati