“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida joriy yilning 11 mart kuni D.I.Mendeleev nomli Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori A.Majuga boshchiligidagi delegatsiya a'zolari ishtirokida uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi “Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi filialini tashkil etish to'g'risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan o'quv jarayonlari, olib borilayotgan qurilish va rekonstruktsiya ishlari muhokama etildi.
Uchrashuv davomida “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruvi raisi J.Mirzamaxmudov D.I.Mendeleev nomli Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori A.Majuga bilan Filial faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv yakunida qarorda belgilangan vazifalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati