"O'zkimyosanoat" AJ

“Maxam-Chirchiq” AJda sodir bo`lgan portlash yuzasidan qo`shimcha ma’lumot

// 04.10.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/maxsam-chirchiq-rasmiy-bayonot-qushimcha-malumot-2

“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash natijasida sexning sintez kalonnasida kelib chiqqan yong’in o`chirildi. Vaziyat to`liq nazorat ostida. Hodisa oqibatida sexning 2 nafar xodimi jarohatlangan va hozirda ularga shifoxonada tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda.

Holat yuzasidan tezkorlik bilan axborotlar taqdim etib boriladi.

 

 “O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati