"O'zkimyosanoat" AJ

“Maxam-Chirchiq” AJda seminar bo'lib o'tdi

// 16.11.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/maxam-chirchiq-ajda-seminar-bo-lib-o-tdi

Kuni-kecha “Kimyogarlar" madaniyat saroyida “Vakolatli omborlar hududida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklariga mahsulotlarni yetkazib berish, vakolatli omborlarda mineral o‘g‘itlarni saqlash, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so'zni “O‘zkimyosanoat” AJ  Ichki savdoni muvofiqlashtirish bo‘limi” boshlig‘i-G‘.Abdullayev ochib berdi. So‘ngra "Maxam-Chirchiq" AJning Innovatsiya, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi bo‘limi yetachi muhandisi–A.Abdurahimov korxona tomonidan o‘zlashtirilgan yangi turdagi mineral o‘g‘itlar hamda suyuq azotli o‘g‘itlarning afzalliklari to‘g‘risida yig'ilganlarga foydali ma’lumotlarni taqdim etdi. 

 

Tadbirda shuningdek:
- "O‘zkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi bosh mutaxassisi-M.Abdurazakov, “Maxam-Chirchiq” AJ Komplayens boshqarmasi yuristi-N.Tadjiyevlar "Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi";
- “Maxam-Chirchiq” AJning Mexnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari–R.Yuldashev "Vakolatli omborlarda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish" mavzularida maruzalar qilishdi.

Tadbir so'ngida “Maxam-Chirchiq” AJning Tayyor mahsulotlarni sotish boshqarmasi boshlig‘i–B.Qodirov "Ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlarni vakolatli omborlarga yetkazib berish, saqlash hamda xaridorlarga (klaster, fermer xo‘jaliklar, tadbirkorlar) sifatli xizmat ko‘rsatish" mavzusida nutq so‘zladi.


   
Seminar yakunida  tadbir ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga tashkilotchilar tomonidan javoblar berildi.

“Maxam-Chirchiq” AJ Matbuot xizmati