Bugun poytaxtimizda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Maslahat kengashlari uchun “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquq va imkoniyatlarini yanada kengaytirish” mavzusida oʻquv-seminari bo'lib o'tdi.
Seminar Oʻzbekistonning gender salohiyatini mustahkamlashga texnik yordam koʻrsatish doirasida tashkil etilgan boʻlib, ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha maslahat kengashlari faoliyatida gender integratsiyasiga bagʻishlandi.
Mazkur tadbirda vazirlik va idoralarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha tashkil etilgan Maslahat-kengashi organlari aʼzolari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar qatnashdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari ham ushbu tadbirda ishtirok etishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati