"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyati va amalga oshirilgan investisiya loyihalar tahlili yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi

// 27.09.2021
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/markaz16-anjumani

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yil davomida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari, hajmi va uning turlari hamda amalga oshirilgan investisiya loyihalar haqida ma'lumot berildi.

2021-yil yanvar-iyun oylarida “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan amaldagi narxlarda 4511,4 mlrd. so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki davr prognoziga nisbatan 100,3 foiz, 2020-yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishdagi o‘sish sur'ati 111,2 foizni tashkil qildi. Xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarish hajmi 33,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2021 yil yanvar - iyun oylarida sof holda  673,02 ming tonna mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarildi, jumladan:

2020-yilning mos davriga nisbatan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishning o‘sish sur'ati 106,6 foizni tashkil qildi, jumladan:

2021-yilning yanvar-iyun oylarida umumiy qiymati 91,6 mln. dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarildi (hisobot davriga belgilangan reja 113,2 %ga bajarildi, 2020-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 116,4%ni tashkil etdi), shu jumladan, mineral o‘g‘itlari bo‘yicha – 62,8 mln. dollarlik (prognozga nisbatan – 105,4%) va boshqa turdagi kimyo mahsulotlari bo‘yicha – 28,8 mln. dollarlik (prognozga nisbatan – 134,7%) mahsulotlar eksportga chiqarildi. Asosiy eksport hajmi Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Rossiya va Turkiya yo‘nalishlari bo‘yicha (70,3%) amalga oshirilgan. Shu bilan birga, kaliy mahsuloti eksportining asosiy qismi Ukraina, Latviya, Eron, Malayziya va Xitoy davlatlariga (77,5%), kalsinasiyalangan soda mahsulotining eksporti esa Qozog‘iston davlatiga (74,7%) to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2021-yil 3-maydagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari va hududlarda import o‘rnini bosuvchi hamda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, tarmoq ichida va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish Dasturining bajarilishi to‘g‘risida”gi 54-son bayoniga asosan “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalarida 2021-yilda 1 480,5 mlrd. so‘mlik 26 turdagi mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq joriy yilning yanvar-iyun oylarida 671,6 mlrd. so‘mlik 25 turdagi mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan edi, amalda 25 turdagi 833,9 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja 124,2 foizga bajarildi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida mobaynida 67,8 mln. dollar (rejaga nisbatan 103,2%) miqdorida investisiyalar, shu jumladan, 6,9 mln. dollar korxonalarning o‘z mablag‘lari, 2,5 mln. dollar tijorat banklari kreditlari va 58,4 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hisobiga o‘zlashtirildi.

Hisobot davrida umumiy qiymati 22,1 mln. dollarga teng 3 ta loyiha ishga tushirilib (Karboksimetiltsellyuloza (KMS) asosida burgʼulash, qurilish, oziq-ovqat va tibbiyot uchun reagentlar ishlab chiqarish – II-bosqich, “Toshkent kislorod zavodi” UK negizida tibbiyot kislorodi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va “Navoiyazot” АJda karbamidformaldegid kontsentrati (KFK-85) ishlab chiqarishni tashkil etish), umumiy qiymati 13,1 million dollarlik 1 ta investitsiya loyihasining (“Lauretsulfat natriy (SLES) hamda chiziqli alkilbenzolsulfat kislotasi (LABSA) va kir yuvish kukunlari ishlab chiqarishni tashkil etish”) mexanik montaj ishlari toʼliq yakunlandi.

2021-yil yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini 92,1 mlrd. so‘mga kamaytirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 116,0 mlrd. so‘mga (125,9%) kamayishi kutilmoqda.

Xarajatlarni kamaytirish 5 yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirildi, jumladan:

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ham to‘lov intizomini mustahkamlash borasida ayrim ishlar amalga oshirildi. Soha korxonalari tomonidan budjet va budjetdan tashqari fondlarga 688,7 mlrd. so‘m, shu jumladan, budjetga to‘lovlar uchun 617,2 mlrd. so‘m va budjetdan tashqari fondlarga 71,5 mlrd. so‘m to‘landi.

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati