"O'zkimyosanoat" AJ

Inson umri davomida olgan bilimining asosini maktabda olgan bilimi tashkil etadi

// 14.03.2020
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/maktab1

"Inson umri davomida olgan bilimining asosini maktabda olgan bilimi tashkil etadi". 

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi v.b. Mirzamaxmudov Jo'rabek Tursunpo'latovich Olmazor tumanidagi 1-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari bilan uchrashdi. Tadbirda maktabning ixtisoslashtirilgan maxsus 10-sinf o'quvchilari ishtirok etdi. Umumta'lim maktabi tashkilotga biriktirilgan ta'lim muassasasi bo'lib, doimiy ravishda maktab o'quvchilari ishtirokida ochiq darslar tashkil etib kelinadi.

Tadbir davomida so'zga chiqgan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi v.b. Jo'rabek Mirzamaxmudov inson umri davomida olgan bilimning asosini maktabda olgan bilim tashkil etishini, shu uchun xam o'qib izlashishdan to'xtamaslik lozimligini ta'kidlab o'tdi.

Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Yoshlarning taklifiga binoan may oyida maktab o'quvchilari o'rtasida kimyo fani bo'yicha fan olimpiadasini tashkil etish belgilandi.