"O'zkimyosanoat" AJ

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

// 15.12.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/ma-naviy-ma-rifiy-tadbir-o-tkazildi

Bugun "Dehqonobod kaliy zavodi" AJda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda "Oʻzkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisining maslahatchisi S.Abdurahmonova, Viloyat hokimining davlat til masalalari boʻyicha maslahatchisi Z.Aminova, Dehqonobod tuman IIB xodimi B.Salomov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari O.Nazarov, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tuman boʻyicha bosh mutaxassisi O.Normurodov, Dehqonobod tumani bosh imom-xatibi X.Xonimov, OAV vakillari hamda tashkilot ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida avvalo yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarga shukronalik tuyg‘usini shakllantirish. Bundan tashqari yoshlarni turli xil yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, farzand tarbiyasiga e'tiborli bo‘lish, mahallalarda aholi orasida ayniqsa ayollar va yoshlarni mutaassiblikka berilishining oldini olish, milliy qadriyatlarimizga zid ravishda  kiyinish madaniyati, odob-ahloq qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida kerakli tushuntirishlar berildi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati