“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati kichik majlislar zalida joriy yilning 12 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O'zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5729-sonli Farmonining “O'zkimyosanoat” AJ va uning tizimidagi korxonalarda ijrosini ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi O'RQ-561-sonli hamda 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi O'RQ-562-sonli Qonunlarini mazmun-mohiyatini jamiyatning markaziy apparati xodimlari o'rtasida targ'ib qilishga qaratilgan “Huquqiy savodxonlik – fuqarolik jamiyatining asosi” mavzusidagi tadbir o'tkazildi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas'ul xodimlari va “O'zkimyosanoat” AJ xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan yuqorida ko'rsatib o'tilgan Prezident farmoni, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish yuzasidan qabul qilingan Qonunlar mazmun-mohiyati, ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan tushuntirish berildi.
O'z o'rnida “O'zkimyosanoat” AJ markaziy apparati xodimlari mavzu yuzasidan o'zlarining takliflari, fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir so'ngida yig'ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga ma'ruzachilar javob berdilar.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati