"O'zkimyosanoat" AJ

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi mutaxassislari uchun o‘quv kurslari o'tkazilmoqda

// 21.08.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-va-komplayens-boshqarmasi-muta

Joriy yilning 5-mart kuni davlatimiz rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni kuchaytirish, shu jumladan, komplayens-nazorat bo‘linmalarining salohiyatini oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan intensiv o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasining rahbar va xodimlari ham ushbu o'quv seminarida ishtirok etmoqda. 

O‘quv dasturi doirasida soha ekspertlari manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, davlat xizmatchilarining korrupsiya xavf-xatarlariga bardoshliligini baholash va bu xavflarni kamaytirish uchun xorijiy tajribalarni amaliy ravishda qo‘llash yo‘llari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina yuridik va iqtisodiy nuqtai nazardan emas, balki jamiyatning ishonch va adolatga bo‘lgan talabiga ham javob beradi. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish davlat tashkilotlarining samarali faoliyat yuritishi, resurslarning adolatli taqsimlanishi va xalqqa sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta'minlaydi. 

Bu esa o‘z navbatida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini va jamiyatda adolatli va shaffof boshqaruv tizimini shakllantirishga yordam beradi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati