"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tizim korxonalari Komplayens xizmatlarining 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot yigʻilishi oʻtkazildi

// 22.07.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/komplayens-xizmatining-birinchi-yarim-yillik-hisoboti

 “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarda korrupsion omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Natijada korrupsiyaning oqibatlari bilan emas, balki uning sabablari bilan kurashish, barvaqt oldini olish va unga chek qoʻyish maqsadida tegishli tadbirlar belgilab olindi.

Barcha tarmoq korxonalarida “Korrupsiyaga qarshi siyosat”, “Axloq kodeksi”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” kabi 10 dan ortiq ichki meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi va oʻrnatilgan tartibda ularni amaliyotga tatbiq qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida komplayens nazorat tizimi “Navoiyazot” AJ, “Fargʻonaazot” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Maksam-Chirchiq” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ, “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ va “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKlarida oʻz faoliyatini yuritmoqda. “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJda esa mazkur tizimga xodimlar tanlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Hisobot davrida kimyo sanoati korxonalarida korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash, oʻgʻrilik, talon-taroj qilish, korxona va davlat mulklarini oʻzlashtirish va taʼmagirlik holatlariga chek qoʻyish maqsadida jami 31 ta xizmat surishtiruvi oʻtkazildi, natijalari boʻyicha tegishli xulosalar tayyorlandi va aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻrildi.

Natijada 23 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortildi, 17 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 12 nafar masʼul xodimlarga hayfsan berildi, 16 nafar xodimning ish haqidan jarima undirildi, 9 ta holat boʻyicha toʻplangan materiallar qonuniy chora koʻrish uchun huquq tartibot organlariga yuborildi.

Shuningdek, joriy yilning 1-yarim yilligida jami boʻlib 1,2 mlrd.soʻm tovar moddiy boyliklari kamomadi, 17,1 mlrd.soʻmlik tayyor mahsulotga qoʻshib yozish holatlari aniqlangan. (2021-yil 1- yarim yilligida tovar moddiy boyliklari va mineral oʻgʻitlar kamomadi jami 59,8 mlrd.soʻmni tashkil qilgan.)
Hisobot davrida tizim korxonalarida xaridlar jarayonining ochiq va shaffofligini taʼminlash hamda ularni “Davlat xaridlari toʻgʻrisida” Qonuni talablariga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlanishi natijasida jami boʻlib 3,1 mlrd.soʻmlik (2021-yilning shu davrida 1,6 mlrd.soʻm) pul mablagʻlarining asossiz sarflanishining oldi olinib, iqtisod qilindi.

Lekin shunga qaramasdan, tarmoq korxonalarining mansabdor shaxslari tomonidan shartnomalar tuzish va imzolash, tayyor mahsulotlarni yuklab joʻnatish jarayonida maʼlum miqdordagi pul mablagʻlari talab qilish, turli xizmatlar yoki pora evaziga kelishish, taʼmagirlik qilish yoki tovar-moddiy boyliklarini bozor narxlaridan qimmat narxlarda sotib olish holatlari uchrab turibdi.

Shuningdek, hisobot davrida “Fargʻonaazot” AJning birgina Ammiak-3 sexida reaksion quvurlarning talon-taroj qilinishi oqibatida 2,4 million AQSH dollari miqdoridagi kamomad aniqlanib, holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi DXX tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Jamiyatning 9 ta masʼul mansabdor shaxslariga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. “Maksam-Chirchiq” AJda 17,1 mlrd.soʻmlik tayyor mahsulotga qoʻshib yozish holatlari aniqlanib, DXX tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida 5 nafar mansabdor shaxsga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” talablariga muvofiq xizmat vazifasiga koʻra korrupsiyaviy xavf-xatarlar ehtimoli yuqori va oʻrta boʻlgan 2870 nafar xodimlar tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar toʻldirildi.

Hisobot davrida jami 51 ta holat boʻyicha manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar aniqlanib, hujjatlashtirilgan boʻlsa, 2021-yilning shu davrida 12 ta holat aniqlangan.
Jumladan, “Maksam-Chirchiq” AJda 18 ta, “Navoiyazot” AJda 21 ta, “Fargʻonaazot” AJda 6 ta, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda 3 ta va “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda 1 ta holatda oʻzaro yaqin qarindoshlar bevosita qoʻl ostida yoki rahbarligida ishlashi natijasida vujudga kelgan manfaatlar toʻqnashuvi holati aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan mazkur jamiyatlar boshqaruv raislarining koʻrsatmalariga asosan ushbu xodimlarni korxonaning boshqa sexlariga va lavozimlariga oʻtkazilishi bilan manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish choralari koʻrilmoqda.
Tizim korxonalarida jami 584,3 mln. soʻmlik tovar moddiy boyliklari talon-taroj qilinishining oldi olindi va aybdor shaxslarga ichki tartib-qoidalar asosida intizomiy choralar koʻrildi.

Hisobot davrida “Maksam-Chirchiq” AJ, “Fargʻonaazot” AJ “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ va “Oʻzkimyoimpeks” MCHJda xaridlarning ochiq va shaffofligi taʼminlashi natijasida jami 3177,3 mln.soʻm mablagʻlarning iqtisod qilinishiga erishilgan.
Joriy yilda jamiyat va tizim korxonalari xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida komplayens xizmati xodimlari va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida jami 186 ta tushuntirish-profilaktik tadbirlari amalga oshirilgan.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatning ochiqligi hamda shaffofligini taʼminlash maqsadida 2022-yil I yarim yilligi davomida ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-saytlari orqali sohaga oid jami 167 ta materiallar joylashtirilgan.


Jinoiy javobgarlikka tortilganlar:

“Maksam-Chirchiq” AJ xodimlari:

1. D. Zametov - “Maksam-Chirchiq” AJning Birja orqali xomashyo mahsulotlarini sotish va sotib olish boʻlimi boshligʻi.
2.F. Tashmetov - “Maksam-Chirchiq” AJning Birja orqali xomashyo mahsulotlarini sotish va sotib olish boʻlimi iqtisodchisi.
3. D. Yoʻlchiyev - “Maksam-Chirchiq” AJning Birja orqali xomashyo mahsulotlarini sotish va sotib olish boʻlimi muxandisi.

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QQ xodimlari:

4. A. Raimberganov - “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QQ bosh direktori
5. A. Tajimuratov - “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK bosh direktorining 1-oʻrinbosari - bosh muhandis.
6. A. Bekmuratov - “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi boshligʻi
7. B. Darimbayev - “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK Tayyor mahsulotlarni sotish boʻlimi boshligʻi
8. Ye. Xojimuratov - “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK Qadoqlash va kalsinatsiyalangan soda ombori boʻlimi boshligʻi
9. J. Narbayev - “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK Qadoqlash va kalsinatsiyalangan soda ombori mudiri
10. Gʻ. Oʻrinbayev - “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK Qadoqlash sexi ombor mudiri
11.D. Reyimbayev - “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK kalsinatsiyalangan sexi iqtisodchisi

“Navoiyazot” AJ xodimlari:

12. J. Mustafoyev - “Navoiyazot” AJ 910-sexi elektromontyori
13. Sh. Koxorov - “Navoiyazot” AJ 910-sexi elektroliz apparatchigi
14. U. Raupov - “Navoiyazot” AJ 910-sexi apparatchigi
15. U. Temirov - “Navoiyazot” AJ 910-sexi apparatchigi
16. A.Saidov - “Navoiyazot” AJ 910-sexi yuk tashuvchisi
17. I.Hikmatov -“Navoiyazot” AJ 910-sexi yuk tashuvchisi
18. E.Iskandarov -“Navoiyazot” AJ 56-sex boshligʻi
19. Sh.Raximov -“Navoiyazot” AJ 56-sexi energetiki
20. Sh.Fayzulloyev - “Navoiyazot” AJ 56-sexi elektromontyori
21. S.Ravshanov -“Navoiyazot” AJ 56-sexi ishchisi


2.Ishdan boʻshatilganlar:

“Qoʻngʻirot soda zavodi” QQ MCHJ

1. B. Saparov -“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKning “Jamansoy” ohaktosh maydalash va saralash sexi boshligʻi

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xodimlari:

2. B. Boynazarov - “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

“Fargʻonaazot” AJ xodimlari:

3. G. Rasulov -“Fargʻonaazot” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlimi xodimi
4. F. Jaloldinov -“Fargʻonaazot” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlimi xodimi
5. S. Boymatov -“Fargʻonaazot” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlimi xodimi
6. A. Yuldashev - “Fargʻonaazot” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlimi xodimi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ xodimlari:

7. Sh. Nishonova - “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Mehnat va ish haqini tashkil etish boʻlimi tabelchisi
8. F.Abdujalilova - “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Mehnat va ish haqini tashkil etish boʻlimi tabelchisi

“Navoiyazot” AJ xodimlari:

9. S. Axmedov - “Navoiyazot” AJ Savdo boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari
10. N. Kondrikova – “Navoiyazot” AJ 091-sex boshligʻi
11. A.Hazratov – “Navoiyazot” AJ 703-sex ombor mudiri
12. X. Eshev - “Navoiyazot” AJ 36-sexining teplovoz mashinisti
13. Z. Xudoyberdiyev - “Navoiyazot” AJ 37-sexining yuk ortuvchi haydovchisi
14. M. Babayarov - “Navoiyazot” AJ 911-sexining taʼmirlovchi chilangari
15. Sh. Djurayev - “Fargʻonaazot” AJning Loyihalash boʻyicha yetakchi muhandisi
16. B. Mamasidikov- “Fargʻonaazot” AJ Elektr taʼminoti sexi elektromontyori
17. K. Imomov- “Fargʻonaazot” AJ Xlorat magniy defolanti sexi qadoqlash xodimi.


3. Hayfsan va ogohlantirish eʼlon qilinganlar:

“Fargʻonaazot” AJ xodimlari:

1. D. Tursunov - “Fargʻonaazot” AJ Temir yoʻl sexi boshligʻi
2. A. Isakov - “Fargʻonaazot” AJ Yuklarni joʻnatish sexi boshligʻi
3. X. Abdullayev - “Fargʻonaazot” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlimi smena boshligʻi
4. N. Ibroximov - “Fargʻonaazot” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlimi smena boshligʻi yordamchisi
5. D. Axadov - “Fargʻonaazot” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlimi oʻqchisi
6. B. Oʻrmonov - “Fargʻonaazot” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlimi oʻqchisi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ xodimlari:

7. J. Azizov- “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Iqtisodiyot va mehnatni tashkil etish boʻlimi boshligʻi
8. O.Illarionova - “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Mehnat va ish haqini tashkil etish boʻlimi yetakchi muhandisi
9. E.Kurtseitova - “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Xodimlar bilan ishlash boʻlimi muhandisi

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xodimlari:

10. A. Xakimo v-“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Markaziy ombor mudiri

“Maksam-Chirchiq” AJ xodimlari:

11. V. Urinboyev - “Maksam-Chirchiq” AJ Axborot kommunikatsiyalar texnologiyasi boshqarmasining muhandis-elektronigi
12. G. Meraimova – “Maksam-Chirchiq” AJ Avtotransport sexi iqtisodchisi;


Ish haqidan jarima undirilgan:

“Maksam-Chirchiq” AJ xodimlari:

1. A. Jurabekov - Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining guruh boshligʻi;
2. S. Imomxusanova - Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining nazorat oʻtish joyi nazoratchisi;
3. G. Davlatova - Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining nazorat oʻtish joyi nazoratchisi;
4. I. Diberdiyev - Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining kinologiya xizmati xodimi;
5. A. Aytbayeva - Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining nazorat oʻtish joyi nazoratchisi;
6. A. Tuxtayev - Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining nazorat oʻtish joyi nazoratchisi;
7. Ye. Bugayeva - Nazorat oʻlchov asboblari va avtomatlashtirish sexining hisoblash boʻlimi nazorat oʻlchov asboblari va avtomatika boʻyicha chilangari;
8. O. Asomova - Tibbiy reabilitatsiya markazi xodimi;
9. Z. Ashurova - Butlash(komplektatsiya) sexining ombor mudirasi;
10. A. Abdushukurov- Ammiak ishlab chiqarish sexining nasos qoʻrilmalari mashinisti;
11. U. Xasanov - Markazlashtirilgan energiya uskunalarini taʼmirlash sexining texnologik sexlarda elektr jihozlarini taʼmirlash boʻyicha elektr chilangari;
12. B. Rismetov - Sanoat oqova suvlarini tozalash va neytralash sexining ishchisi;
13. X. Shermatov - Texnologik uskunalarni markazlashgan taʼmirlash sexining boshligʻi
14. D. Rasulov - Texnologik uskunalarni markazlashgan taʼmirlash sexining energetigi
15. L. Fettayeva- Texnologik uskunalarni markazlashgan taʼmirlash sexining hisobchisi;
16. A. Jumatayev- Ammiakni suyultirish sexi ishchisi.

(Qonunchilik talablari va aybsizlik prezumpsiyasiga binoan tergov va sud jarayonlari davom etayotgan masʼullar va xodimlar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan)