Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura (2 ta oʻrin) va doktorlik (PhD, 6 ta oʻrin) yoʻnalishlarida grant asosida barcha harajatlar qoplangan holda taʼlim olish uchun tanlovlar eʼlon qiladi!
Oʻqishni muvaffaqqiyatli tamomlaganlar yangi tashkil etiladigan Koreya-Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida oʻz faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishadi!
Hujjatlar 2024-yil 18-oktabrgacha qabul qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat etishingiz va hujjatlarni onlayn tarzda yuborish uchun quyidagi havolaga oʻtishingiz mumkin:
https://admission.ust.ac.kr/
Telefon: (+998) 90 003-55-22
Elektron manzil: empark@krict.re.kr u.tillabaeva@uks.uz
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati