"O'zkimyosanoat" AJ

"O`zkimyosanoat" AJda “KITOBXON XODIM - 2022” ko’rik-tanlovining respublika bosqichi bo’lib o’tdi

// 14.10.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/kitobxon-zodim-2022-tanlovining-respublika-bosqichi

Bugun “O’zkimyosanoat” AJda 21-oktabr - O’zbek tili bayrami munosabati bilan “O’zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari va tashkilotlari  xodimlari o’rtasida o’tkazilgan “KITOBXON XODIM - 2022” ko’rik-tanlovining respublika bosqichi bo’lib o`tdi.

Jamiyatning tarmoq korxonalari va tashkilotlarida bo`lib o`tgan bellashuvlarda g'olib bo`lgan 8 nafar kitobxon xodimlar ishtirok etgan final bosqichi 3 ta shartdan iborat bo`ldi.

Qiziqarli va murosasiz o`tgan tanlovning respublika bosqichida "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ vakili Karimova Gulnoza g'olib bo`ldi va faxrli 1-o`rinni egalladi. 2-o`rinni esa "Maxam-Chirchiq" AJ vakili To‘ychiyeva Malika egalladi. "Navoiyazot" AJ vakili Mannopova Gulhayo 3-o`rinni qo`lga kiritdi.

Tanlov g'oliblariga maxsus statuetka, faxriy yorliq va pul mukofotlari uchun sertifikatlar topshirildi. Bellashuvlarda faol qatnashgan kitobxonlar esa faxriy yorliq va kitoblar to`plami bilan taqdirlanishdi.

Bu kabi ko`rik-tanlovlar "O`zkimyosanoat" AJ tizimida muntazam ravishda o`tkazib kelinadi. "Kitobxon xodim" tanlovi ham har yili o`tkazilishi belgilangan.

 

"O`zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati