"O'zkimyosanoat" AJ

Kimyo tarmogʻi eksport geografiyasini kengaytirmoqda - infografika

// 06.08.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/kimyo-tarmog-i-eksport-geografiyasini-kengaytirmoqda-infogra

2025-yilning yanvar-iyun oylari davomida kimyo korxonalari tomonidan 9,4 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu sanoatdagi yuqori dinamik oʻsish mamlakatning agrosanoat majmuasi ehtiyojlarini qondirish bilan birga, eksport imkoniyatlarini ham yanada kengaytirmoqda.

Xususan, yilning birinchi yarim yilligida 307,4 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi. Bu rejaga nisbatan 111,3 foizni, oʻsish surʼati esa 135,6 foizni tashkil etdi. Mahsulotlar 55 ta davlatga eksport qilindi, shundan 167,6 mln dollarlik mineral oʻgʻitlar, 139,7 mln dollarlik kimyoviy mahsulotlar eng yirik ulushga ega boʻldi.

Taʼkidlash joiz, eksport geografiyasi ham kengayib bormoqda. Anʼanaviy qoʻshni davlatlar bilan bir qatorda Yevropa mamlakatlariga 63,2 million dollarlik mahsulot eksport qilingan boʻlsa, yangi bozor sifatida 

va boshqa mamlakatlar bilan ham hamkorlik kengayib bormoqda. Bu esa tarmoqning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati